Qarz daftari
Kim, qachon, qancha qarz olgani — hammasi bir joyda. Qarzdorlar va muddati o‘tganlar alohida ro‘yxatda.

Qarz daftari · Nasiya savdo · SMS eslatma
pDaftar — kichik biznes uchun qarz daftari va nasiya savdo ilovasi. Mijozlar qarzini yozasiz, to‘lov kuni SMS eslatma o‘zi boradi, hisob-kitob hech qachon yo‘qolmaydi.
Telefon raqamingiz bilan 1 daqiqada boshlang
Bepul tarif — muddatsiz. Karta kerak emas. Ma’lumotlaringiz bulutda saqlanadi va har kuni zaxira nusxasi olinadi.
Reytinglar App Store va Google Play’dagi rasmiy ko‘rsatkichlar (2026-yil sentabr). Ishlab chiqaruvchi: PDAFTAR MCHJ.
Nega pDaftar?
Daftar yo‘qoladi, yozuv o‘chadi, mijoz “men to‘laganman” deydi. pDaftar har bir qarzni sana, summa va SMS tasdig‘i bilan saqlaydi.
| Qog‘oz daftar | pDaftar | |
|---|---|---|
| Yozuvlar saqlanishi | Daftar yo‘qolsa — qarzlar ham yo‘qoladi | Bulutda saqlanadi, telefon o‘zgarsa ham qoladi |
| Eslatma | Har bir mijozga o‘zingiz qo‘ng‘iroq qilasiz | To‘lov kuni SMS va Telegram eslatma avtomatik ketadi |
| Hisob-kitob | Qo‘lda hisoblaysiz, xato chiqadi | Balans va qoldiq avtomatik hisoblanadi |
| Nasiya savdo | Muddat va to‘lovlarni eslab qolish kerak | To‘lov jadvali, muddati va qolgan summa nazoratda |
| Hisobot | Oy oxirida soatlab hisoblaysiz | Kunlik, oylik, yillik hisobot — bitta tugma |
| Sotuvchilar | Kim qancha yozganini bilib bo‘lmaydi | Har bir sotuvchining amali va vaqti ko‘rinadi |
Imkoniyatlar
Kichik do‘kon, ulgurji savdo, qurilish mollari, avtoehtiyot qismlar — nasiya bilan ishlaydigan har qanday biznes uchun.
Kim, qachon, qancha qarz olgani — hammasi bir joyda. Qarzdorlar va muddati o‘tganlar alohida ro‘yxatda.

Qarz yozilganda va to‘lov kuni mijozga SMS o‘zi boradi. Siz qo‘ng‘iroq qilib yurmaysiz.

Kunlik savdo, xarajat va tushum bitta ekranda. Kassadagi pul har doim aniq.

Bo‘lib to‘lash jadvali, muddati va qolgan summa nazoratda. Har bir to‘lov tarixda qoladi.
Ko‘chada qancha pulingiz yotibdi? Kunlik, oylik va yillik hisobot — mijozlar va ta’minotchilar bo‘yicha.
Xodimlarga cheklangan ruxsat bering, har bir amalni ko‘ring. UZS va USD valyutalari.
Tarmoq
Ro‘yxatdan o‘tganda siz faqat hisob-kitobingizni raqamlashtirmaysiz — minglab do‘kon, ta’minotchi va mijoz allaqachon ishlayotgan tarmoqqa qo‘shilasiz. Ular bilan qarz, buyurtma va hisob-kitob bitta tizimda yuradi.
Do‘konlarni bir-biriga bog‘lang: ta’minotchiga ilova ichidan buyurtma bering, qarz va to‘lovlar ikki tomonda ham bir xil ko‘rinadi.
Har bir buyurtma uchun havola bilan nakladnoy yaratiladi — qog‘oz, imzo va “qaysi nusxa to‘g‘ri?” tortishuvi qolmaydi.
Mijozga havola yuborasiz — u qarz tarixi va qoldiqni telefonida ko‘radi. “Men to‘laganman” bahsi tugaydi.
Do‘kon sahifasi va QR-kod: mijoz manzil, telefon va mahsulotlarni ko‘radi, sizni tarmoq orqali topadi.
Qanday ishlaydi?
Ro‘yxatdan o‘tish 1 daqiqa. Eski daftaringizdagi qarzlarni bir marta kiritasiz — keyin hammasi avtomatik.
App Store yoki Google Play’dan o‘rnating, yoki kompyuterda web.pdaftar.uz orqali ishlang.
Telefon raqam bilan ro‘yxatdan o‘ting, biznes nomini kiriting — tayyor.
Mijozni tanlang, summani yozing. Mijozga tasdiq SMS, to‘lov kunida eslatma boradi.
Tariflar
Bepul tarif muddatsiz. Pullik tariflar SMS narxini arzonlashtiradi va cheklovlarni oshiradi.
Boshlayotganlar uchun
0 UZS
Kichik biznes uchun
23 468 UZS/ oy
≈ $1.99
O'sib borayotgan biznes uchun
117 811 UZS/ oy
≈ $9.99
Professional biznes uchun
589 530 UZS/ oy
≈ $49.99
Narxlar so‘mda, hisob to‘ldirilganda yechiladi. Katta tarmoqlar uchun: +998 95 221 21 44
Savol-javob
Javob topmadingizmi? Telegram yoki telefon orqali yozing — ish kunlari 1 soat ichida javob beramiz.
Yordam markazipDaftar - bu sizning biznesingizda qarzdorliklarni, nasiya savdoni va hisob-kitoblarni boshqarishdagi judayam kerakli yordamchingiz bo'ladi. Daftar va qog'oz yozuvlarsiz qarz daftarini boshqarish imkoniyatini beradi.
Kichik/o'rta biznes egalari yoki umuman qarz bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar/biznesmenlar uchun. Nasiya savdo va biznes hisob-kitob bilan ishlaydigan barcha uchun.
Ro‘yxatdan o‘tganda siz faqat hisob-kitobingizni raqamlashtirmaysiz — minglab biznes ishlayotgan tarmoqqa qo‘shilasiz: ta’minotchiga ilova ichidan buyurtma berasiz, elektron nakladnoy olasiz, mijozga qarz tarixini havola bilan yuborasiz va do‘koningiz onlayn sahifaga ega bo‘ladi. Boshlash bepul.
Qog'oz daftar yo'qolsa, qarzlar unutiladi; pDaftar bulutda saqlaydi va eslatmalar jo'natadi. Biznes hisob-kitoblarini xavfsiz boshqarish uchun pDaftar yechimdir.
Har bir kredit savdoni kiritasiz → muddat, summa → pDaftar to'lov sanasini SMS/Telegram orqali eslatadi. Qarz daftarini avtomatik boshqarish imkoniyati.
pDaftar dan foydalanish uchun sodda ro'yxatdan o'tishni amalga oshirasiz, Do'koningizni(biznes) qo'shasiz va tayyor! Qarz, nasiya va hisob-kitob boshqaruvini boshlashingiz mumkin.
pDaftar ma'lumotlaringizni ko'z qorachig'idek asraydi! Buning uchun biz ma'lumotlar bazasidan kunlik BACKUP(nusxa) olib boramiz.
Dastur imkoniyatlarini foydalanish uchun 2 xil turdagi tarifflarimizdan foydalanishingiz mumkin. Bepul - yosh biznesmen, Pullik - Tajribali biznesmenlar uchun.
Qarz daftari - mijozlarning qarz/oldi-berdi yozuvlari. pDaftar qarzlarni online hisob-kitob qiladi va muddatlarni eslatadi.
Nasiya savdo - tovarni hozir olib, keyin to'lash. pDaftar bo'lib-to'lash muddatlari va to'lovlarini nazorat qiladi.
Ilovani yuklab oling, telefon raqami bilan ro'yxatdan o'ting va biznesingizni qo'shing.
Ilovani Android uchun Play Market, iOS uchun App Store orqali yuklab oling. APK tavsiya etilmaydi, rasmiy do'konlardan foydalaning.
Qarz daftari, nasiya savdo, moliya boshqaruvi va biznes maslahatlari haqida eng so'nggi maqolalar
Qarz daftari, nasiya savdo, savdo tushishi va moliya boshqaruvi uchun eng yaxshi oson hisob-kitob dasturlari.
Bizneslarning bankrot bo'lishining top 3 sababi: moliya boshqaruvi, qarz daftari va savdo tushishi muammolari.
Savdo tushishini to'g'ri yuritish usullari: qarz daftari, nasiya savdo va oson hisob-kitob dasturlari yordamida.
Kunlik, haftalik, oylik, yillik avtomobil ijara. Mulk va qurilish vositalari. pDaftar.
50 000+ tadbirkor allaqachon pDaftar’da. Bepul boshlang — 1 daqiqa, karta kerak emas.